Hujjatlar

Maxfiylik siyosati

levelxenglish qanday ma'lumotlarni yig'adi, ulardan nima uchun foydalanadi va ularni qanday himoya qiladi.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 26-sentabr

1. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz

  • Google orqali kirganda: ismingiz, email manzilingiz va profil rasmingiz. Google parolingizni biz hech qachon ko'rmaymiz.
  • Email orqali kirganda: email manzilingiz va siz kiritgan ism.
  • Platformadan foydalanish: test javoblaringiz, natijalaringiz, Writing matnlari, Speaking audio yozuvlari, Vocabulary o'yini ballari.
  • Formalar: Premium so'rovi yoki biz bilan bog'lanish formasida yozgan ism, telefon va xabaringiz.

2. Ma'lumotlardan nima uchun foydalanamiz

  • Hisobingizga kirish va natijalaringizni saqlash uchun
  • Testlarni baholash va CEFR darajangizni aniqlash uchun
  • O'qituvchi Writing va Speaking javoblaringizni tekshirishi uchun
  • Reyting (Leaderboard) jadvalini ko'rsatish uchun
  • So'rov va arizalaringizga javob berish uchun

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.

3. Boshqalarga nima ko'rinadi

  • Leaderboard da faqat ismingiz, rasmingiz va ballingiz ko'rinadi.
  • Test natijalaringiz, javoblaringiz va audio yozuvlaringiz faqat sizga va platforma o'qituvchilariga ko'rinadi.
  • Email va telefon raqamingiz boshqa foydalanuvchilarga ko'rinmaydi.

4. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi

Ma'lumotlar Supabase (ma'lumotlar bazasi va fayllar) xizmatida shifrlangan ulanish orqali saqlanadi. Har bir foydalanuvchi faqat o'z ma'lumotlarini ko'ra oladi — bu baza darajasida ta'minlangan. Kirish uchun Google OAuth xizmatidan foydalaniladi.

5. Cookie (kuki) fayllari

Faqat tizimga kirganingizni eslab qolish uchun zarur cookie fayllar va tanlagan tilingiz (UZ/EN) saqlanadi. Kuzatuv yoki reklama cookie'lari ishlatilmaydi.

6. Sizning huquqlaringiz

  • Ismingizni Profil sahifasida istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin.
  • Hisobingiz va barcha ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rashingiz mumkin — quyidagi manzilga yozing, 7 kun ichida o'chiriladi.
  • Google hisobingizdan ruxsatni istalgan vaqtda myaccount.google.com/permissions orqali bekor qilishingiz mumkin.

7. Bog'lanish

Maxfiylik bo'yicha savollar uchun: